Afg'oniston birinchi vitse-prezidenti xurujda omon qoldi

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston poytaxti Kobulda mamlakat birinchi vitse-prezidenti Amrulla Solih bomba xurujida omon qolgan. Ichki ishlar vazirligiga ko’ra, portlashda kamida 10 odam o’lgan, 15 kishi, jumladan Solihning qo’riqchilari jarohat olgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 9-sentabr, 2020-yil

Xurujdan so’ng “Facebook”dagi sahifasida video orqali bayonot bergan vitse-prezident yuzi va qo’li yengil kuyganini aytdi. Xuruj paytida mashinada uning o’g’li ham bo’lgan.

Afg’oniston hukumati bilan Qatarda ilk muzokaraga hozirlanayotgan Tolibon xurujga aloqadorligini inkor etmoqda.

Bu Solih joniga ilk qasd harakati emas. O’tgan yili uning idorasida sodir etilgan xuruj paytida 20 odam o’lgan edi.

Yevropa Ittifoqi va qo’shni Pokiston bugungi xurujni qoraladi.

Bu o’rtada AQSh Prezidenti Donald Tramp Afg’onistondan qo’shinlarni chiqarish qarorini e’lon qilishi kutilmoqda. Oq uy ma’muriyatiga ko’ra, joriy oyda Iroqni salkam 5200 harbiydan 2000 nafari tark etadi. Afg’onistonda esa hozircha 8600 askar bor. Noyabrda bo’ladigan prezident saylovlarigacha ularning soni 4-5 mingga tushishi kutilmoqda.