Qozog'istonda koronavirus qurbonlari xotirlandi

  • Amerika Ovozi

Bugun Qozog’istonda koronavirus qurbonlari xotirlanar ekan, Almati shahrida tibbiy xizmatchilar virusga qarshi kurashda jon bergan kasbdoshlarini sukut saqlab xotirlashdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 13-iyul, 2020-yil

Shaharning markaziy kasalxonasida yuqumli kasalliklar bo’limi mudirasi Gulnora Kusainovaning aytishicha, shu kunga qadar pandemiyadan 42 qozog’istonlik shifokor o’lgan.

Qozog’iston Prezidenti Qosim-Jo’mart Tokayev poytaxt Nur-Sultondagi xotira marosimida qatnashdi. Boshqa shaharlarda ham o’xshash tadbirlar o’tkazildi, milliy bayroqlar tushirildi, prezidentning rasmiy veb-sahifasi oq-qora rangga kirdi.

Shu onga qadar Qozog’istonda salkam 60 ming odam yangi koronavirusga chalingan bo’lsa, 375 odam o’lgan.

Markaziy Osiyo davlatlari may oyida karantinni yumshatishi ketidan virus yuqtirish hollari keskin ko’paydi. Natijada Qozog’istonda 5-iyuldan karantin yangidan joriy etildi.

Qozog’iston jamoatchiligi faollaridan biri, bloger Ermek Narimbayning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, mamlakatda koronavirus bilan bog’liq ahvol o’ta og’ir; hukumat haqiqiy vaziyatni jamoatchilikdan yashirmoqda.

Shifoxonalar kasallar bilan to’lgan, dori-darmonlar yetishmaydi, qurbonlar soni tobora ortib bormoqda, deydi bloger.

Your browser doesn’t support HTML5

Qozog’iston COVID-19 qurbonlariga motam tutmoqda