Qozog'iston ekstremizmga qarshi mintaqaviy anjumanga mezbon

  • Amerika Ovozi

Ostona

29-30 iyun kunlari Qozog'iston poytaxti Ostonada ekstremizmga qarshi mintaqaviy konferensiya o'tadi. Vashingtondan yuqori martabali rasmiylardan iborat delegatsiya qatnashadi.

AQSh Boj va chegara xizmati rahbari Gil Kerlikovske, Davlat departamentidan Afg'oniston bo'yicha yetakchi diplomatlardan Aylin Okonnor hamda inson huquqlari targ'iboti bilan mashg'ul idoradan Robert Bershinki, shuningdek, qonun-tartibot organlaridan vakillar boradi.

Janubiy va Markaziy Osiyoning 13 mamlakatidan vazirlar, mutasaddilar, ekspertlar va fuqaro jamiyati a'zolari kutilmoqda.

Boshqaruv, qonun ustuvorligi, hukumat va nohukumat tashkilotlar orasidagi aloqa singari masalalar muhokama qilinadi.

23-25 iyun kunlari Istanbulda shunga o'xshash anjuman o'tdi. Unda ham terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda fuqaro jamiyati, axborot vositalari, huquq himoyachilari va mustaqil tashkilotlarning roli xususida gap ketdi.

Mutaassiblik global muammo va yonma-yon yashaydigan jamiyatlarning yetakchilari hamkorlik qilmasa bo'lmaydi, deydi tashkilotchilar.