Almatida yana Eron yadro dasturi muhokama qilinadi

  • Amerika Ovozi

Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Erlan Idrisov, Eron Xavfsizlik kengashi bosh kotibi Said Jaliliy Almatida fevral oyidagi yig'inda.

BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya ertaga Qozog’istonda Eron yadro dasturining muhokamasiga qaytadi.

G’arb mutasaddilari fevral oyida Almatidagi uchrashuv paytida ayrim xalqaro sanksiyalarni yumshatishni taklif qilgan edi.

Evaziga Tehron atom qurolini yasash uchun zarur mahsulot - yuqori darajadagi uranni boyitishni bas qiladi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri hafta boshida Eronga murojaatida yadroviy izlanishlari tinch maqsadni ko’zlashini isbotlashga, xalqaro izolyatsiyadan xalos bo’lishga undagan.

Isroil va G’arb nazarida Eron yadro qurolini yaratishga tobora yaqinlashib borayapti va bir yilda bunga erishishi mumkin.