BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida so'zlagan Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Erlan Idrissov xalqaro hamjamiyatni global iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etishga chaqirdi. Konkret choralar zarur, deydi u. (VIDEO)
“Jahon bozoridagi salbiy va zararli raqobat sabab yangi inqiroz bilan yuzlashishimiz mumkin", - deydi Idrissov.
Qora oltinini eksport qilib iqtisodiy jihatdan oyoqqa turgan Qozog'iston neft bahosi tushib ketishi sabab milliardlab dollar zarar ko'rdi va ko'rishda davom etmoqda.
Nursulton Nazarboyev boshliq hukumat nazarida ayb jahon bozoridagi adolatsiz o'yinlarda. Idrissov BMT minbarida masalani tushuntirmadi lekin yirik davlatlarni faqat o'z manfaatini ko'zlamaslikka chaqirdi.
Qozog'iston endilikda BMT Xavfsizlik Kengashi a'zosi - 15 doimiy bo'lmagan o'rinlardan birini egallagan. BMT tinchlikparvar kuchlari safida respublika o'z zobitlariga ega.
Erlan Idrissov o'z davlatini mintaqaviy lider sifatida tasvirladi va Qozog'iston BMT doirasidagi faoliyatida Markaziy Osiyo manfaatlari uchun kurashadi, dedi.