Jon Kerri Turkiya va Isroilga otlanayapti

  • Amerika Ovozi

Kerri yakshanba kuni Istanbulda, keyin Quddus va Iordan daryosining s’arbiy sohilida bo’ladi.

Prezident Barak Obamaning mintaqaga safaridan ko’p o’tmay, Davlat kobiti Jon Kerri kelasi hafta Turkiya va Isroilga borishi kutilayapti.

Davlat departamenti matbuot kotibi Viktoriya Nulandning aytishicha, Kerri yakshanba kuni Istanbulda, keyin Quddus va Iordan daryosining s’arbiy sohilida bo’ladi.

Undan keyin Amerika bosh diplomati Britaniyaga va Osiyoga jo’naydi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovuto’g’lining so’zlariga ko’ra, Kerri bilan mintaqaviy muammolar, misol, Suriya va Isroil-Falastin tinchlik muzokaralari haqida gaplashiladi.

2010-yilda Isroil Turkiyaning G’azo sektoriga yo’l olayotgan kemasiga hujum qilib, sakkiz turk o’lganidan beri ikki mamlakatning orasi sovuq edi.

Ikki hafta oldin Barak Obamaning regionga tashrifi paytida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Turkiyadan kechirim so’radi.