Kerri Yaqin Sharq davlatlari birlashganini olqishlamoqda

  • Amerika Ovozi

Ekstremizmga qarshi kurashda Kerri Saudiya Arabistoni rolini alohida ta’kidlab o’tdi. Bu davlat fuqarolari jangarilarga uzatayotgan moliyani qirqishda Riyoddan yordam kerak, deydi AQSh diplomati.

Amerika bosh diplomati Jon Kerri Yaqin Sharq davlatlari mintaqada siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar qilish uchun birga ishlayapti, deya ularni olqishladi.

Davlat kotibi arab tilidagi “Al-Hurra” telekanali bilan suhbatda bo’ldi. Uning aytishicha, bugun “Islomiy davlat” to’dasiga qarshi kurashayotgan koalitsiya a’zolari 66 ga yetdi.

“Bu guruhni moliyadan ayirishga harakat qilayapmiz. Yoshlarni radikal mafkuradan himoya qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarda qator tashabbuslar boshlaganmiz”, - deydi Jon Kerri.

Ekstremizmga qarshi kurashda u Saudiya Arabistoni rolini alohida ta’kidlab o’tdi. Bu davlat fuqarolari jangarilarga uzatayotgan moliyani qirqishda Riyoddan yordam kerak, deydi AQSh diplomati.

Amaldagi strategiyaning tanqidchilari, respublikachi qonunchilar kecha Senatning Qurolli kuchlar qo’mitasiga Mudofaa vaziri Eshton Karterni chaqirib, uni savolga tutishdi.

Senator Jon Makkeyn Yaqin Sharqqa katta piyoda qo’shin yuborish tarafdori. Prezident Obama bu taklifni rad etgan.

Jon Kerri Yaqin Sharqda jangarilarga qarshi turgan, aksil-terrorizm bo’yicha sa’y-harakatlarda faol yosh liderlar bor, deya Birlashgan Arab Amirliklari shahzodasi Muhammad bin Zaidni sanab o’tdi.

“Islomiy davlat”ni yakson qilamiz desak, Iroq singari siyosiy inqirozga botgan o’lkalarda ham barqarorlik o’rnatilishi muhim, deydi diplomat. Bu mamlakatda guruh bosib olgan hududlarning qarib 45 foizi ozod etilgan.

AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden kecha Bag’dodda bo’lib, “Islomiy davlat”ga qarshi kurash qanday kechayotgani haqida rahbarlar bilan gaplashdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Obama: "Islomiy davlat" yer tishlaydi

Your browser doesn’t support HTML5

"Islomiy davlat" ga qarshi strategiya - Obama/ISIL