Kerri Rossiya va Ukrainani sulhni tiklashga chaqirdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining tashqi ishlar vazirlari yig'ilishida, Belgrad, Serbiya, 3-dekabr, 2015-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Serbiya poytaxti Belgradda o'tayotgan tashqi ishlar vazirlari yig'ilishida qatnashdi. Unga ko'ra, Ukraina va Rossiya oradagi ziddiyatlarga barham berishga hamda sulhni tiklashga harakat qilishi zarur.

Kerri Rossiyadan Ukrainadan qo'shinlarini olib chiqishni hamda YXHT kuzatuvchilariga urushdan zarar ko'rgan Donbass mintaqasida bemalol ishlashga imkon berishni so'radi. Ukraina esa, dedi davlat kotibi, sharqiy viloyatlarda tiklanish ishlarini olib borishi lozim.

Kreml Ukrainada Rossiya qo'shinlari borligini inkor etib keladi.

"Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti 40 yillik tarixi davomida ancha ishlarni amalga oshirdi. Biroq oldinda vazifalar ko'p hali. A'zo davlatlar qurolli kuchlari o'zaro axborot almashinuvini yo'lga qo'yishi, inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan harakatlarini kuchaytirishi kerak.