Jon Kerri Riyodda Fors ko'rfazi kengashi vazirlari bilan uchrashdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Saud ibn Faysal ibn Abdulaziz al-Saud bilan matbuot anjumanida, Riyod, 5-mart, 2015-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bugun Saudiya Arabistonida. O'tgan uch kun Shevysariyada Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan Eron yadro dasturi xususida muloqot qilgan Kerri Tehron bilan muzokara qilinayotgan bitimning qirollik va Fors ko'rfazidagi boshqa davlatlarga ta'siri haqida gaplashmoqda. Saudiya Arabistoni Eronni raqib davlat deb biladi.

AQSh Davlat departamenti rasmiysining bildirishicha, Prezident Obama mart oxirida Eron bilan muzokaralarni davom ettirish zarurati haqida bir qarorga keladi.

Kerri Fors ko'rfazi hamkorlik kengashiga kiruvchi Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Qatar, Bahrayn va Quvayt tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi.

Qo'shma Shtatlar Tehron bilan ishlanayotgan bitim Yaqin Sharqda beqarorlikka yetaklaydimi, yo'qmi, shuni bilmoqchi. Isroil xalqaro muzokaralarni qoralab, Eronni yadro quroli ustida ishni davom ettirish uchun vaqtdan yutishga harakat qilayotganlikda ayblamoqda.

Kerri bugun Riyod yaqinida Saudiya qiroli Salmon bilan ham gaplashgan. Tomonlar Yamandagi notinchliklar, Iroq va Suriyada "Islomiy davlat"ga qarshi kurash haqida fikr almashgan.