Jamol Qoshiqchining o'ldirilganiga 3 yil bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Marhum jurnalist Jamol Qoshiqchi

Jurnalist Jamol Qoshiqchining Istanbulda Saudiya Arabistoniga qarashli konsullik xizmati binosida o’ldirililganiga 3 yil bo’libdiki, qotillik fosh etilgani yo’q. Inson huquqlari faollari va ayrim siyosatchilar valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonni qotillikni buyurtirganlikda ayblarkan, AQShni Saudiya Arabistoniga sanksiya qo’ymagani uchun tanqid qilmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 8-oktabr, 2021-yil

Qoshiqchiga o’limidan oldin turmushga chiqish arafasida bo’lgan qaylig’i Hadicha Chingiz ham muxbirning vahshiylarcha o’ldirilib, chavoqlanganligida shahzodani ayblaydi.

"Muhammad bin Salmon men va butun dunyoni Jamoldan ayirdi. Uni kim javobgarlikka tortadi? Yoki bu qotilliklari uchun rag’batlantiriladimi?” – dedi u Vashingtondagi xotira marosimida.

AQSh razvdedkasi xulosasiga ko’ra, Qoshiqchining sinchkovlik bilan rejalangan va bir necha odam ishtirokida davlatga qarashli idorada amalga oshirilgan o’limi valiahd shahzodadan bexabar sodir etilishi mumkin emas edi. Salmon bu ishga aloqadorligini inkor etib keladi.

Saylov kampaniyasi paytida Jo Bayden Tramp ma’muriyatini shahzoda bilan yaqin aloqalarda ayblab, prezidentlikka saylansa qirol o’g’li bilan muloqot qilmasligini aytgan edi.

“Bayden saudiya rejimini e’tiborsiz qoldirishini aniq aytgan edi. Ammo buning aksi bo’lyapti, qirollikni Trampchalik jamoatchilik ko’z o’ngida qo’llab-quvvatlamasa-da, undan yuz o’girgani yo’q. savdo-sotiq, qurol savdosi davom etyapti”, - deydi “Yaqin Sharq demokratiyasi” loyihasidan Stiven Makinerni.

O’tgan hafta Bayden milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sullivanni Riyodga jo’natgan.

“Xabarlarga ko’ra, Sullivan valiahd shahzoda bilan uchrashuv chog’ida Qoshiqchining o’limidan og’iz ochgan va Salmon bundan xafa bo’lgan”, - deydi “Liberal Patriot” onlayn nashri muharriri Piter Juul.

Unga ko’ra, Qoshiqchi Saudiya Arabistonida muhim shaxs bo’lgan, qirol oilasi bilan yaqin aloqada bo’lgan. Biroq valiahd shahzoda siyosatini keskin tanqid qila boshlaganidan keyin oiladan uzoqlashgan.