Qirg'izistonda oktabr oyidagi parlament saylovlari ketidan partiyalar koalitsion hukumat tuzishga kirishib, muvaqqat hukumatda Roza Otunbayevaning birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan Olmosbek Otamboyev o'z boshchiligidagi Sotsial-demokratlar partiyasi "Ota-Makon" sotsialistlar partiyasi va saylovlarda beshinchi o'rinni olgan "Respublika" bilan ittifoq tuzgani haqida ma'lum qilgan.
Otamboyev yangi hukumatda bosh vazirlikka da'vo qilmoqda.
Saylovlar natijalariga ko'ra, besh partiya 120 deputatlik parlamentga kirgan. "Ota-Yurt" va sobiq bosh vazir Feliks Kulovning "Or-Nomus" partiyalari vakillari ham qonunchilik organida. "Ota-Yurt" a'zolari aprel oyidagi g'alayon oqibatida hokimiyatni tashlab, mamlakatni tark etgan sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevga aloqadorligi aytilmoqda.
Otamboyevning Sotsial-demokratlar partiyasi Ota-Makon va Respublika partiyalari bilan koalitsiya tuzgan.