QIRG'IZISTON —
Qirg’izistonda islomiy jamoalarda kechayotgan jarayonlar va ular yuzlashayotgan muammolarni o’rganuvchi ilmiy-tadqiqot instituti ochildi. Radikalizm, ekstremizm va terrorizm xavfi bo'yicha izlanishlar olib boradi. Mahalliy mutaxassislarning aytishicha, mamlakatda aqidaparastlik, diniy oqimlarga bo’linish avj olayotgan bir paytda mana shunday ixtisoslashgan ilmiy dargohlarga ehtiyoj katta.
Institut direktori Mamatbek Mirzabayevning ta'kidlashicha, mablag’ xorijiy donorlardan keladi, ya'ni bu maskan grantlar asosida ishlaydi.
Din ishlari bo’yicha Davlat agentligi boshlig’i Orozbek Moldaliyev:
"Bunday institut tuzilgani yaxshi. Hozircha zikr qilingan yo’nalishda chuqur tadqiqotlarga ega emasmiz. Ilohim, institut ishlab ketsin, u yog’ini vaqt ko’rsatadi".
Mutaxassislar fikricha, davlat idoralari va diniy jamoalarda musulmonlar hayotidagi muammolar va o’zgarishlarni talqin qilish uchun bilim va asosli ma’lumot yetishmaydi.
Institut izlanishlari va dolzarb masalalar yuzasidan ular taqdim etgan xulosa va tavsiyalar huquq-tartibot xodimlarining diniy saviyasini ko’tarishi kutilyapti.
O’shdagi "Sulaymon nuri" deb nomlangan nodavlat tashkilot boshlig’i Sodiqjon Mahmudov nazarida, muassasa nafaqat bilimdon tadqiqotchilarga ega bo’lishi, balki betaraf, xolis ish olib borishi muhim.
Institut o’z nomini oqlashi, to’laqonli faoliyat olib borishi uchun nima kerak?
Moldaliyev deydiki, gap tadqiqotchilar saviyasi va mablag'ga bog'liq.
"Malakali mutaxassislarni to’plash lozim. Mablag’ bo’lsa, tadqiqotlarni boshlash darkor. Ekstremizm, terrorizm, ushbu ko’rinishlarning oldini olish bu butun dunyo uchun global muammo, jiddiy ish olib borilgandagina natija bo’lishi mumkin", - deydi u.
Mustaqillik yillari sobiq sovet hududida xorij moliyasi asosida tuzilgan nomi ulug', suprasi quruq tashkilotlar ko'payganini eslatar ekan, Moldaliyev yangi institut ularga o’xshab qolmas degan umidda.
Your browser doesn’t support HTML5