Qishning dastlabki oyi Qirg’izistonda qor kam bo’ldi. Iliq kuz yangi yil arafasidagina sovuq havoga joy bo’shatdi. Yengil qor qatlami tog’ yonbag’rida, qir-adirlarda ko’z qamashtirayapti, xolos. Hozircha.
Bolakaylar bir parcha muzga ham xursand. O’shda yasatilgan, Janubiy Qirg’izistonda eng katta archa Tulpor yilini kutayapti. Bozorlarda savdo qizigan. Mo’l-ko’lchilik. Ammo kimdir sadaqaga zo’r…
Teatrlar har yil bolalarga alohida yangi yil dasturi havola etishadi. Keyingi yillarda aynan o’quvchilar mahalliy sahna ustalarining asosiy muxlisi bo’lib qolgan. Kattalarning ish-tashvishi ko’p – tomoshaga fursatlari yo’q. Bir yoqdan mitingbozlik…
Yangi yil, qo’yingki, qish oylari Qirg’izistonda ot o’yinlari mavsumi. Deyarli kunora ovullarda uloq, to’pkari beriladi. To’ylar, katta yig’inlar otchoparsiz o’tmaydi.
Yangi yilni odamlar odatdagiday yangi maqsadlar, shirin orzu-umidlar bilan kutishadi.
Tinchlik. Omonlik. Baxt-saodat. Yaratgandan so’raganingiz ro’yobga chiqsin, odamlar!