Qirg'izistonda sobiq mahbus bosh vazir bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Sadir Japarov (elgizit.kg saytidan)

Qirg’iziston parlamenti Sadir Japarovni bosh vazirlikka tasdiqlashi ketidan Japarov va uning tarafdorlari Prezident Sooronbay Jeenbekov iste’fosini talab qildi. Jeenbekov hukumat shakllanib, siyosiy vaziyat barqarorlashganidan so’ng lavozimidan ketishga va’da bergan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 14-oktabr, 2020-yil

Muxolif guruhlar hukumat tuzishga kirishgan. Jeenbekov Japarovning bosh vazirlikka nomzodini bir kun oldin tasdiqlashdan bosh tortib, qonunchilardan qayta ovoz berishni so’ragan edi.

Sobiq deputat Japarov 2013-yilda Issiq-Ko’l viloyati hokimini garovga olishga harakatda ayblanib, 2017-yilda 11,5 yilga qamalgan edi. Qirg’izistonda 4-oktabrdagi parlament saylovlaridan so’ng norozilik namoyishlari boshlanib, Japarov tarafdorlari uni qamoqxonadan ozod etdi.

Yangi bosh vazir hukumat shakllanishi bilan prezident bilan uning iste’fosi haqida gaplashishini bildirdi. Jeenbekovning matbuot kotibiga ko'ra, prezident yangi saylovdan so'ng iste'fo beradi.