Qirg’izistonning bir necha shahrida mitinglar

  • Amerika Ovozi

O’tgan yili Qumtor oltin konida Kanada kompaniyasi ishlayotganidan norozi bo’lib bir necha kishi namoyishga chiqqan va qamalgan edi. Bugungi mitingda odamlar mana shu fuqarolarni ozod qilishni so'radi.

Qirg’izistonning Bishkek, O’sh, Jalol-Obod va Qorako’l shaharlarida muxolifat namoyishga chiqqan. Bu haqda “Ozodlik” radiosi xabar beradi. Poytaxtda 500 odam hibsga olingani ma’lum.

“Milliy muxolifat harakati” o’tkazgan mitingda minglab odamlar qatnashgan.

O’shda 700, Jalol-Obodda taxminan 500 odam namoyish qilgan.

Ko'plar kunduz soat bir-ikkilarda uy-uyiga tarqalgan, deya yozadi "Ferghana" axborot agentligi.

Qorako’l shahrida miting qatnashchilarini militsiya ushlagan.

O’tgan yili Qumtor oltin konida Kanada kompaniyasi ishlayotganidan norozi bo’lib bir necha kishi namoyishga chiqqan va qamoqqa olingan edi. Ularga qarshi tergov ishi ochilgan.

Bugungi mitingda odamlar mana shu tergovni bas qilishni, prezident vakolatlari doirasida ish ko’rishini, “Manas” tranzit markazini Rossiyaga topshirmaslikni talab qilib chiqqan.

Bishkekdagi namoyish. Surat Ferghana.ru saytidan olindi.