Qirg’iziston Oliy Sudi qamoqdagi huquq himoyachisi Azimjon Asqarov qiynoqqa solinayotgani haqidagi da’volarni tergov qilmaslikka qaror qilgan. AQSh elchixonasi bu xulosadan afsusda.
Qirg’iziston konstitutsiyasi inson huquqlari bo’yicha xalqaro me’yorlarga amal qilishi aytiladi, ammo Asqarovning ishi misolida buning aksini ko’rayapmiz, deyiladi elchixona bayonotida.
Ushbu ishda adolat qaror topishi g’oyat muhim. Asqarov hibsga olish paytida, qamoqda chog’ida jismoniy tazyiq, qiynoqlar bilan yuzlashgani haqida da’volar bot-bot yangramoqda. AQSh elchixonasi faolning taqdiri BMT Inson huquqlari qo’mitasida ko’rib chiqilishini tavsiya qilmoqda.
Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari nazarida Azimjon Asqarov asossiz sudlangan va begunohligi tan olinib, qo'yib yuborilishi kerak.
Jalol-Obodda faoliyat yuritgan bu o’zbek arbob huquqbuzarlik hollari haqida ma'lumot to'plab, mustaqil axborot vositalariga uzatib turgan. U 2010-yilning yozida Qirg'iziston janubida ommaviy noroziliklar va adovatni avj oldirganlikda aybdor topilib, umrbod qamoq jazosini o’tayapti.

Your browser doesn’t support HTML5