Qirg’iziston va O’zbekiston o’rtasidagi chegara muammolarini keskinlashtirgan So’x mojarosidan bir oy o’tib, ayrim o’tish punktlari qayta ochilmoqda.
Temir yo’l qatnoviga ruxsat berilgan.
Aholi zich yashovchi Farg’ona vodiysida Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikiston ziddiyatiga butunlay barham berish mumkinmi?
Ba'zi nazorat punktlari yana ochilganini aholi mamnuniyat bilan kutib oldi. Chegaradagi cheklov uch haftadan beri amalda edi. Qirg'izistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat arbobi Odiljon Obidov:
"Chegaraning demarkatsiyasi, delimitizatsiyani iloji boricha tezroq yakunlash kerak. Chegaralar masalasi hukumatlar miqyosida hal qilinadigan muammo. Lekin bugun mahalliy hukumat organlariga yuklab qo'yilmoqda bu ish. Masala juda chalkashib ketishiga sabab bo'lmoqda bu. Shuningdek, ko'proq o'tish punktlarini tashkil etish kerak va odamlarni chegarada uzoq ushlab turmaslik lozim. Masalan, Yevropadagi ayrim joylarda hatto avtomobildan tushmasdan turib, pasportini ko'rsatadi va o'tib ketadi. Sal ochish kerak chegarani".
Vodiyda qo'shni hududlar bir-biriga ulanib ketgan, anklavlar bor. Suv, yer, yaylovni talashish hollari yo'q emas. Chegarada yashayotgan aholi kundalik hayotda mana shular bilan yuzlashib yashashga majbur.
"Markaziy Osiyoda yer va suv eng nozik masalalar. Qo'shnilar bu resurslardan ko'p yillardan beri hamjihatlik bilan foydalanib keladi. Ana o'sha an'anaga amal qilish lozim. Bir-birimizga hurmat nuqtai nazaridan, manfaat jihatidan ham", - deydi Obidov.
Xalqaro tolerantlik uchun jamoatchilik tashkiloti rasmiysi Robert Abazbekov:
"Demarkatsiya, delimitatsiya bilan problema hal bo'lib qoladi deyish qiyin. Demarkatsiyani Qirg'iziston bir o'zi qilolmaydi, bu ikki tomon ishtirokida bajariladigan ish. Muzokara qilish kerak. O'zbekiston, Tojikiston bilan diplomatik muloqotni davom ettirish lozim. Xohlaymizmi, xohlamaymizmi, resurslar, yer va odamlar muomalasi jihatidan bir doim bir-birimizga bog'liq bo'lib qolaveramiz".
Qirg'iziston-O'zbekiston chegarasi uzunligi 1378 kilometr atrofida. Faqat 1007 kilometr rasman xatlovdan o'tgan. 20 dan ziyod bahsli, talash maydonlar bor.
Yaqinda O'shda Qirg'izistonning janubiy hududlari sarhadlarini aniqlash bo'yicha resurs markazi ochildi.
"Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy bordi-keldini ko'paytiraylik. Oldin Qirg'iziston va O'zbekiston madaniyat arboblari tez-tez bir-birinikiga safar qilib, konsertlar, mushoira, muloqotlar o'tkazilar edi. Shuning ham foydasi bor edi-ku. Bu masalani faqat matbuot muhokamasiga qo'yib qo'yish ham uning jiddiylashishiga yetaklaydi. Chunki har kim to'g'ri fikrni aytavermaydi. Bundan tashqari, gijgijlashga o'xshagan turli tendensiyalar ham yo'q emas. Bir-biriga qarshi qayrash".
Botken viloyatidagi maktablardan birida direktor, asli tojik Ra'no Tursunaliyeva:
"Qirg'iziston o'quvchilari ko'p yillardan buyon qo'shni Tojikistonning Sug'd viloyatiga, yozgi lagerlarga borib keladi. Tojikistonlik bolalar ham bizga kelib turadi. Mana shunday imkoniyatlar ko'proq bo'lsin. Agar xalqlar ko'proq muloqot qilsa, o'sha eski bordi-keldi ham tiklanadi".
O'zaro hurmat, xayrixohlik va siyosiy iroda bilan ziddiyatni ham yengish osonroq bo'ladi, deydi suhbatdoshlar.
Temir yo’l qatnoviga ruxsat berilgan.
Your browser doesn’t support HTML5

Ko'proq o'tish punktlarini tashkil etish kerak va odamlarni chegarada uzoq ushlab turmaslik lozim. Yevropada hatto avtomobildan tushmasdan pasportini ko'rsatadi va o'tib ketadi.