Prezident Obama Liviyadagi saylovlarni olqishlamoqda

  • Amerika Ovozi

Liviyaliklar poytaxt Tripolida parlament saylovlarini nishonlamoqda, 7-iyul, 2012-yil.

Prezident Obama Liviyada 40 yildan oshiq vaqt mobaynida o’tgan ilk erkin saylovlarni olqishlab, bu mamlakatning demokratiya yo’lidagi muhim qadami, dedi.

Tokioda Afg’oniston bo’yicha o’tgan xalqaro anjumanda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Liviya xususida ham so’z ochdi.

Uning aytishicha, ko’p yillik avtokratik boshqaruvdan so’ng xalqda o’z kelajagini mustaqil ravishda belgilash imkoni paydo bo’ldi.

"Liviya endi diktator xarhashasi emas, balki xalq istagiga qarab rivojlanadi", - dedi Klinton.

Liviya Saylov komissiyasi hisobiga ko’ra, fuqarolarning 60 foizi muvaqqat parlamentga ovoz bergan. Natijalar kelasi hafta ma’lum bo’ladi.

200 o’rinlik qonunchilik organi muvaqqat hukumat tayinlab, konstitutsiya ustida ish boshlaydi. Shundan so’ng kelasi yili doimiy parlament saylanadi.