BMT Liviyada urushayotgan tomonlarni murosaga chaqirdi

  • Amerika Ovozi

Liviya va BMT vakillari Berlinda muzokara qilmoqda. 10-iyun, 2015-yil.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va jahonning yirik davlatlari Liviyadagi raqib tomonlarni hukumatni kelishib taqsimlashga, salkam to'rt yillik nizo va olishuvlarni bas qilishga undayapti.

BMT maxsus vakili Bernandino Leon Berlinda chorshanba kuni shu mavzuni muhokama qilgan.

Kelishuvni imkon qadar tez amalga oshirish kerak, deydi u. Ro'za oyi kirishidan oldin qilinishi kerak bu ish, deydi Leon.

Liviyada urushayotgan taraflar BMTning avvalgi takliflarni qayta-qayta rad etgan.

Migrantlar bilan bog'liq halokatlar Liviyadagi tanazzulning asorati ekani ma'lum.

Odamlar Liviyadan qochib, Yevropa tomon qochayapti va yo'lda yuzlab insonlar nobud bo'layapti.

2011-yilda Muammar Qaddafiyga qarshi isyon va qo'zg'olon ketidan Liviya hanuz beqaror.

Ekstremist kuchlar poytaxt Tripolini egallab olgan, mavjud rahbariyatga qarshi hukumat tuzgan. Xalqaro hamjamiyat tan olgan hukumat esa sharqiy viloyatlarga qochishga majbur bo'lgan.

Liviya Parlamenti harbiylar hujumiga uchradi

Tripolidagi xalqaro aeroport jangarilar qo'liga o'tdi