Buyuk Britaniya hukumati London Olimpiadasi uchun 15 milliard dollar sarflashi kutilmoqda. Musobaqaning tashkiliy qo’mitasi uch milliard dollarlik alohida byudjetga ega. Mablag’ chiptalar savdosi, homiylar va boshqa xususiy manbalardan olinadi. Bu qadar katta xarajatlarni talab qiladigan musobaqa mezbonlik qilishga arziydimi?
Olimpiya parki arenalari va stadionlar juda go’zal. Musobaqaning katta shouga aylanishi aniq. Ammo unga sarflanayotgan mablag’ ko’pchilikni xavotirga solmoqda.
Britaniyalik sobiq Olimpiya chempioni, musobaqaning tashkiliy qo’mitasi a’zosi Jonatan Edvardsning aytishicha, katta xarajatdan tashvishlanayotgan odamlar bu mablag’ning qayerga sarflanayotgani haqida o’ylamayapti.
“Odamlar o’yinlarning necha pulga tushayotgani haqida o’ylaganda, nazarimda, ular mablag’ning qayerga va qanday sarflanayotganini tushunishmayapti. Musobaqaga tayyorgarlik bilan bog’liq loyihalarda ishlayotgan firmalarning 98 foizi ingliz tadbirkorlaridir. Demak, iqtisodiy vaziyat og’ir bo’lib turgan bir paytda milliardlab funt sterling Buyuk Britaniyaning o’zida qolmoqda”, deydi Edvards.
Uning aytishicha, musobaqa uchun qurilishlar va shu munosabat bilan sharqiy Londonni obodonlashtirish ishlari nafaqat shaharga, balki butun mamlakatga uzoq muddatli iqtisodiy foyda keltiradi. Bu fikrga shubha bilan qarovchilar ham bor.
Olimpiadaga qarshi faollardan biri Julian Cheynning aytishicha, bu gaplarning barchasi yolg’on. Olimpiya parki qurilishiga joy ajratish maqsadida buzilgan binolar orasida uning uyi ham bor edi.
“Haqiqat shuki, bularning barchasi safsata. Hukumat buni 2002-yilda ham bilardi. Chunki o’sha paytda hukumatning “O’yin rejasi” deb nomlangan hisobotida Olimpiya o’yinlari kutilgan iqtisodiy foyda keltirmasligi haqida gap bor edi. Shunday bo’lsa ham, bir necha oy o’tib hukumat mezbonlikni qabul qildi. Bu gaplarning hammasi doim yolg’on bo’lgan”, deydi Cheyn.
Mezbonlikni himoya qilayotgan va unga qarshi chiqayotgan qarama-qarshi guruhlar nuqtai nazaridan farqli o’laroq, o’rta yo’lni tutganlar ham bor. Bornmaus universitetining Turizm fakulteti professori Adam Bleykning fikricha, Olimpiadaga mezbonlik qilishning foydali tomonlari yo’q emas.
“Foydasi yo’q, desak insofdan bo’lmasa kerak. Noaniqliklar bor. Hatto hozirgacha biz bilmaydigan narsalar ham bor. Bir qismi salbiy. Ammo Britaniyaga katta miqdorda kirib kelayotgan pul – masalaning ijobiy tomoni”, deydi professor.
Professorning tan olib aytishicha, bularning barchasi kelajakdan kutilayotgan natija. Shuning uchun foyda haqida oldindan aniq bir gap aytib bo’lmaydi.
“10 yildan keyin ham Olimpiadaning ta’sirini Londonda sezamizmi? Iyul va avgustdagi ikki haftalik musobaqani o’tkazishdan maqsad ana shu savolga umid qilingan ijobiy javobda”, deydi Bleyk.
Musobaqalarning uzoq yillik homiysi “Visa” kredit karta kompaniyasi ijrochi direktori Kolin Grannelning aytishicha, Olimpiada uning millionlab mijozlariga ijobiy ta’sir o’tkazadi.
“Savdo belgimiz va Olimpiya halqalarini birga ko’rganda, mijozlarimiz o’zini quvvatliroq his qilgandek. “Visa” haqida ijobiy fikrda bo’lishadi va vaqt o’tib kredit kartalarimizdan ko’proq foydalanishadi. Biz buni hisob-kitob qila olamiz. Bu ish beradigan narsa”, deydi u.
Ammo Olimpiadaning iqtisodiyotga ijobiy ta’sir qilishi va turistlar oqimini keskin ko’payishiga olib kelishiga hech qanday kafolat yo’q. Oldingi musobaqalarga mezbonlik qilgan shaharlar buni tasdiqlashi mumkin.
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1351825&w=640&h=458&skin=embeded