Londonda yana bir terror xuruji

  • Amerika Ovozi

Voqea sodir bo'lgan joy, London

London politsiyasiga ko’ra, yakshanba kuni bir mikroavtobus masjid tashqarisida piyodalar bilan to’qnashib, 10 odam jarohat olgan. Voqea terror xuruji sifatida ko’rilmoqda.

Guvohlardan birining aytishicha, haydovchi odamlarni ataylab urgan, mast bo’lmagan.

Voqea sodir bo’lgan joy atrofida turgan odamlar 48 yashar haydovchini darrov ushlab, politsiyaga topshirgan.

Politsiyaga ko’ra, u yolg’iz harakat qilgan. London meri Sodiq Xon va Britaniya Bosh vazirasi Tereza Mey voqeani qoralagan.

Jarohatlanganlarning barchasi musulmon. Britaniya musulmonlari kengashi bosh kotibi Horun Xonning aytishicha, hujumga qo'l urgan odam musulmonlarga qarshi bo'lgan. Ramazon oyi nihoyasiga yaqinlashar ekan, Ramazon hayiti oldidan mamlakatdagi masjidlar xavfsizligi kuchaytirilishi aytilmoqda.