Fransiya prezidenti koronavirusga uchradi

  • Amerika Ovozi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron koronavirus yuqtirgani xabar qilinmoqda. Davlat rahbari o’zini boshqalardan bir haftaga izolyatsiya qilgan, masofadan turib ishlaydi. Turmush o’rtog’i Brijit Makron test topshirib, virus unga o’tmagani ma’lum bo’ldi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 17-dekabr, 2020-yil

“U ham odam. Bu kasallikni jiddiy qabul qilishimiz kerak”, - deydi fransuzlardan biri.

Hozir so’nggi kunlarda Makron bilan aloqada bo’lgan odamlar aniqlanmoqda. Ular orasida Yevropa rahbarlari ham bor. Makron byudjet, iqlim o’zgarishi, Turkiya masalalarini muhokama etish uchun o’tgan hafta Yevropa Ittifoqi sammitida qatnashgan.

Germaniya kansleri Angela Merkel ham test topshirgani, biroq virusdan xoli ekani ma’lum bo’ldi.

Makronning 22-dekabrga belgilangan Livanga tashrifi bekor qilindi.

Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteksning koronavirusga testi toza chiqqaniga qaramay, u ham bir necha kun xilvatda ishlashga qaror qildi.