Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibasi, qizlar ta’limi va huquqlari uchun kurashgani bilan tanilgan pokistonlik Malala Yusufzoy BMTning Tinchlik elchisi etib tayinlandi.
“O’z yurtimdagi barcha qizlarni ma’rifat uchun, adolatsizlikka qarshi kurashishga chaqiraman. O’z kuchingizga ishonishingiz kerak. Shundagina haqiqiy o’zgarishlarni amalga oshirsa bo’ladi”, - dedi 19 yashar faol.
Malalaning qizlar ta’limi haqidagi maqolalariga qarshi chiqqan Tolibon 2012-yilda unga o’q uzgan. Lekin 14 yoshli qizaloq omon qolib, dunyoga tanildi, 2013-yilda Malala jamg’armasiga asos soldi. Bir yil o’tib, 17 yoshida Malala Nobel mukofotinining eng yosh sohibasi bo’ldi.
O’shandan beri u dunyo kezadi, ayollar va qizlar huquqlarini targ’ib qiladi.
Malala bir necha bor Livan va Iordaniyada qochqinlar lagerida bo’ldi, dunyo bo’ylab bolalarning ta’lim olishi muhimligiga urg’u berib keladi.
“Suriyadagi mojarodan qochgan yosh bolalardan “nimani orzu qilasan” deb so’rasangiz, shifokor yoki o’qituvchi bo’lmoqchi ekanini, bilim olib o’z yurtini qayta qurishga yordam qilmoqchi ekanini aytadi. Ular Suriyada tinchlik qaror topishini istaydi. Ko’plar tinch hayotning qadriga yetmaydi”, - deydi faol.