Malayziya politsiyasi Bosh vazir Najib Razakning bank hisobiga davlatga qarashli millionlab dollar o’tkazilganini tekshirmoqda. Bu ishni tergov qilayotgan mulozimlar ham tekshiruvdan o’tishi ma'lum qilindi.
3-iyul kuni “Wall Street Journal” jurnali chop etgan maqolaga ko’ra, hukumatga qarashli jamg’armadan 700 million dollar bosh vazir nomidagi hisoblarga o’tkazilgan bo’lishi mumkin.
Pulning aksariyati oxirgi parlament saylovlaridan avval o’tkazilgani da’vo qilinmoqda. Shundan so’ng mablag’ qayoqqa ketgani ma’lum emas.
Malayziyaning eng uzoq hukmronlik qilgan bosh vaziri Mahatir Muhammad hozirgi Bosh vazir Najibni tanqid qilib, uni Malayziyani to’la rivojlangan davlatga aylantira olmaganlikda va mamlakatning xalqaro obo’sini to’kkanlikda aybladi.
Tasmaniya universiteti professori Jeyms Chinning aytishicha, korrupsiya va mablag’ o’marilgani haqidagi mojaro sobiq bosh vazir Mahatir va amaldagi hukumat rahbari Najib Razak o’rtasida hokimiyat talashuvining bir qismidir.