Avstraliya: Hind okeanidan samolyotning hozircha biror parchasi topilmadi

  • Amerika Ovozi

Sun’iy yo’ldosh orqali olingan tasvirlar Malayziyaning ikki hafta oldin yo’qolgan samolyotiniki bo’lishi mumkin. Ammo bu hali tasdiqlanmagan.

Xitoy Hind okeanida suzib yurgan yirik jismlarning aksini namoyish etgan.

Sun’iy yo’ldosh orqali olingan bu tasvirlar Malayziyaning ikki hafta oldin yo’qolgan samolyotiniki bo’lishi mumkin. Ammo bu hali tasdiqlanmagan.

Jismlar Avstraliyaning janubi-g’arbida ekani ma’lum. Bu davlat qidiruvchilari ularni topishga harakat qilmoqda. Hozircha biror natija yo’q.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerika Ovozi Radiosi- 22-mart, 2014 dasturi


Tergovchilar deydiki, ichida 239 kishi bilan bedarak ketgan samolyotga har narsa bo’lgan bo’lishi mumkin. Texnik muammo sabab qulagan bo’lishi mumkin.

Kimdir uni olib qochgan yoki samolyot qayergadir qulagan yo noma’lum tomonga olib ketgan, biror ehtimolni rad etib bo’lmaydi, deydi Malayziyada bu ish ustida ishlayotgan mutaxassislar.

Ularning diqqati 7 million kvadrat kilometrlik hududda, Qozog’istondan Hind okeanining janubiy qismigacha.

Avstraliya dengiz kuchlari qidiruvni davom ettirmoqda