Malayziya sobiq bosh vaziri 12 yilga qamaldi

  • Amerika Ovozi

Najib Razoq sud zalida

Malayziya sudi sobiq bosh vazir Najib Razoqni bir necha million dollarlik korrupsiya ishida mansabni suiiste’mol qilish ayblovi bo’yicha barcha 7 punktga ko’ra aybdor topib, 12 yil qamoq jazosiga mahkum etdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 28-iyul, 2020-yil

Razoq ishonch va mansabni suiiste’mol qilish, pulni yuvish ayblovlarida o’zini aybsiz ekanini aytadi.

Malayziya taraqqiyot jamg’armasi faoliyatining tergov qilinishi natijasida keng ko’lamda qalloblik va korrupsiya holatlari fosh etildi. 2009-yilda tashkil etilgan jamg’armadan umumiy hisobda 4,5 milliard dollargacha miqdorda pul o’marilgani va noqonuniy ravishda o’zlashtirilgani aytilmoqda.

Mamlakatni 2009-yildan 2018-yilgacha boshqargan Najibning advokatlari sud qaroriga apellyatsiya qilmoqchi. Apellyatsiya jarayoni yakunlanmaguncha Najib qamoqqa qo’yilmaydi.

Bu Najib ustidan birinchi sud jarayoni edi. Sobiq bosh vazir yana 4 marta sudga tortiladi. Ayblovlar jami 42 punktdan iborat.