Bugun Turkiyada qit’alararo birinchi yerosti yo’li deya atalayotgan Marmara tunneli rasman foydalanishga topshirildi. Tunnel Bosfor bo’g’ozi ostidan o’tgan. U Istanbul shahrining Yevropa va Osiyo qismlarini bir-biri bilan bog’laydi.
Tunnelning uzunligi 13,6 km bo’lib, eng quyi nuqtasi Bosfordan 56 metr chuqurlikda joylashgan. U Marmara dengizi va Qora dengizni bir-biri bilan bog’lovchi muhim transport vositasi bo’lishi kutilmoqda.
Tunnel, shuningdek, Istanbulning yerosti metro poyezdlari bilan ham bog’lanadi. Aholi yangi liniyaning yo’llardagi tiqilinchni kamaytirishga va yuz minglab yo’lovchilarning safarini osonlashtirishga hissa qo’shishini umid qilmoqda.
Hozirgacha bo’g’ozning narigi tomoniga o’tishning yagona yo’li ko’prik yoki suv orqali bo'lgan.
Turkiya hukumatining aytishicha, yangi tunnel 5 milliard dollarlik “Marmara” loyihasining bir qismi bo’lib, u o’z ichiga Istanbulning 76 kilometrli temiryo’llarini zamonaviylashtirishni ham o’z ichiga oladi. Mazkur temiryo’l liniyasi bir kunda 1,5 million odam tashishi aytiladi.
Tunnel qurilishi 2004-yil Yaponiya va Turkiya muhandislari hamkorligida boshlangan edi. Loyiha Xaqaro hamkorlik bo’yicha Yaponiya banki hamda Yevropa investitsiya banki tomonidan moliyalangan.