Bugungi dunyo suratlarda - 17-may, 2024

Xyustonda kuchli yashin urishidan keyingi manzara, Texas shtati. 

Prezident Vladimir Putin 8-Rossiya-Xitoy EKSPO ko'rgazmasida, Xarbin, Xitoy. 

Fransiyaning Ruan shahrida yahudiy ibodatxonasiga o't qo'yildi. Pichoq va temir asbob bilan qurollangan gumondor shaxsni politsiya otib o'ldirdi. 

 

AQSh Havo mudofaasi uchuvchi Rojer Fortson bilan vidolashdi
 

Respublikachilardan prezidentlikka da'vogar Donald Tramp o'g'li Barronning bitiruv marosimida, Oksbridj akademiyasi, Florida shtati. 

Fransiya nazoratidagi Yangi Kaledoniyada favqulodda vaziyat

 

Tel-Avivda yoga mashg'uloti bilan namoyish o'tkazgan yahudiylar safdoshi Karmel Gatni XAMAS garovidan ozod etishni talab qilmoqda, Isroil. 

Saylov uchastkasi xodimi qariyaning uyida ovoz berish uchun sharoit yaratmoqda, Dehli, Hindiston. 

Islohotlarga doir qonun loyihasi ovozga qo'yilar ekan, Tayvan qonunchilari urishib ketdi, Taypey. 

Faxriy qorovul Avstraliya general-gubernatori Devid Xyorli kortejini Indoneziya prezidenti huzuriga eltmoqda