Bugungi dunyo suratlarda – 19-may, 2023

"Katta Yettilik" davlatlari liderlari Yaponiyada. Xirosima, 19-mayl 2023.
 
Yig’inda Xitoyning iqtisodiy amaliyotiga qarshi choralarni mustahkamlash hamda Rossiya bosqiniga qarshi kurashayotgan Ukrainani dastaklash kun tartibidagi asosiy masalalar.

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida xalqaro maydonlardagi joriy vaziyatni inobatga olib, sammitga “Katta yettilik” a’zosi bo’lmagan Avstraliya, Braziliya, Komor orollari, Kuk orollari, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Koreya, Ukraina va Vyetnam liderlarini ham taklif etgan.

Manilada noqonuniy qurilgan uy ustiga daraxt quladi, Filippin. 

Italiya shimolida toshqin zonasi

Aktyor Xarrison Ford 76-Kann kinofestivalida, Fransiya. 

 

Hamshiralar o'z roli va mas'uliyatlariga doir yangi qonunning qabul qilinishiga prezident qo'ygan vetodan norozi, Seul, Koreya. 

"Katta yettilik" sammiti doirasida AQSh rahbari Jo Bayden safari xavfsizligini ta'minlayotgan politsiyachilar, Yaponiya. 

"Katta Yigirmalik" sammiti arafasida, Shrinagar, Hindiston. 

"Islomiy jihod" askarlari so'nggi besh kun ichida halok bo'lgan qo'mondonlarni xotirlamoqda, G'azo shahri. 

O'rtayer dengizida syorfing musobaqasi, Fransiya sohillari.