Virjiniya shtatida sobiq gubernator va uning rafiqasi korrupsiyada aybdor deb topilib, jazo belgilanishini kutmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5
Bob Makdonnell va umr yo’ldoshi Morin mahalliy tadbirkordan katta sovg’alar olgan. Nima sabab degan javobga sudlanuvchilar oddiy hadya deb javob qiladi. Pora emas, deydi ular. Sud esa boshqacha xulosa qildi. Makdonnel bir paytlar Respublikachilar partiyasining yulduzi edi. Hozirga kelib uning siyosiy faoliyati so’ndi, er-xotin 20 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.
Virjiniya tarixida gubernatorlar, xoh amaldagi, xoh sobiq, biror marta poraxo’rlikda ayblanmagan. Bob Makdonnell katta dog’ tushirdi.
“Hukm shunchalik tez qabul qilinganidan ajabdaman”, - deydi Xenk Asbill, himoyachi.
“Albatta, norozimiz. Mijozim g’alaba qozonishini xohlagandim. Afsus”.
Er-xotin 13 modda bo’yicha ayblangan edi. Hakamlar sobiq gubernatorni 11 modda bo’yicha aybdor deb topdi. Makdonnell tabiiyki shokda.
Rafiqasi Morin to’qqiz modda bo’yicha aybdor topildi.
Virjiniyada tanilgan biznesmen Jonni Vilyams oilaga muntazam ravishda qimmatbaho hadyalar qilgan.
Hokimiyatda o’tirgan odam buncha sovg’ani qabul qilishi mumkin emas.
“Shtatimiz uchun sharmandalik bu. Odamlar norozi. Davlat lavozimida ekansiz, moliyaviy foyda evaziga ish qilish nafaqat vijdonsizlik, balki qonunni buzishdir. Sudlash kerak bu holda”,- deydi Dana Bonte, prokuror.
Adam Li - Federal qidiruv byurosi vakili.
“Idoramiz har qanday korrupsiya, xususan poraxo’rlik hollariga qarshi kurashadi va buni biz asosiy vazifalarimizdan biri deb bilamiz. Jinoyat bu. Tekshiramiz va adolat ta’minlanishi uchun hissamizni qo’shamiz”,- deydi u.
Makdonnellar oilasi 165 ming dollarga teng sovg’alar qabul qilgan. Sobiq gubernator sudda aybni rafiqasiga qo’ydi, uni vafosizlik, sovg’a kelgan odam bilan ishqiy munosabatda aybladi. Hadyalarni qaytarib berish kerak edi, deya afsus bildirdi. Biroq endi kech, deyiladi sud hukmida, shtatdagi eng qudrali lavozim egasi eng chuqur mas’uliyatni his eta bilishi va to’g’ri qarorlar qabul qilishi shart.
Your browser doesn’t support HTML5