O'zbekistonlik jurnalist, huquqshunos va media ekspert Baxtiyor Shohnazar Kanadada yashaydi. U 90-yillardan boshlab O'zbekiston matbuotida faoliyat ko'rsatgan. Bir muddat mahalliy medialarni qo'llab-quvvatlash bilan mashg'ul “Internews” xalqaro tashkilotining O'zbekistondagi loyihasida ishlagan.
O'zbekistonlik erkin fikrli matbuot xodimlarini himoya qilishi ortidan Baxtiyor Shohnazar tazyiqqa uchrab, 2000-yillar boshida O'zbekistonni tark etgan. Yaqinda Amerikaga qilgan tashrifi davomida "Amerika Ovozi" bu vatandosh bilan suhbat qildi.