Afg’onistonda bu yili 14 jurnalist o'ldirildi

Kobul ko'chalarida

2016-yil Afg’oniston jurnalistlari uchun qonli yil bo’ldi. Matbuot himoyasi bilan mashg’ul “Nay” tashkilotining ma’lum qilishicha, joriy yilda axborot vositalari xodimlariga qarshi 415 zo’ravonlik hollari qayd etilgan.

14 muxbir o'ldirilgan. 23 jurnalist yaralangan. 43 nafari do’pposlangan. 332 jurnalistga tahdid qilingan.

Jurnalistlar birinchida toliblar xavfi bilan yuzlashgan, ikkinchidan esa hukumat tahdidlari.

“Nay” tashkiloti raisi Mujib Xilvatgar deydiki, asosiy muammo doimiy xavf, qayerda bo'lmasin.

Jurnalistlar nazarida korrupsiyaga botgan va yulg'ichlik har jabhada chuqur ildiz otgan jamiyatda axborot vositalari va ularning xodimlaridan qo'rqishadi. Mahalliy muxbir Navid Muhammadiy fikricha, noqonuniy ishlar bo’yicha hujjatlar jurnalistlarning qo’liga tushsa, ular albatta tarqatiladi. Bu esa ko'plab doiralarga ziyon yetkazadi. Shu bois ham jurnalistning ovozini o'chirish hollari ko'p uchraydi.

Hukumatning bildirishicha, davlat jurnalistlarni himoya qiladi, lekin shu kungacha hech bir jurnalistning qotili ushlanib jazoga mahkum qilinmagan.

So'nggi besh yilda Afg’onistonda muxbirlarga qarshi hamlalar soni 72 foizga oshgan.