Bugun Amerika urushlarda xizmat qilgan, vatan tinchligi uchun jon bergan farzandlarini xotirlamoqda.
Iroq va Afg'onistonda ketayotgan janglardan bu mamlakatning besh yarim mingga yaqin o'g'il va qizi tobutda qaytgan.
Virjiniya shtatidagi Arlington qabristoni - yirik ziyoratgoh, asosan harbiylar dafn etiladigan mozor. 330 mingdan oshiq kishi ko'milgan u yerga.
Afg’onistondagi Bagrom havo bazasida o’tgan harbiy marosimda bosh qo’mondon general Stenli Makkristal qo’shinlarni umidni boy bermaslikka, jang maydonidan tirik qaytmagan safdoshlari uchun kurashishga undagan.
Afg’onistonda hozir AQShning 94 ming, Iroqda esa 95 mingga yaqin askari xizmatda.
Prezident Barak Obama xalqqa murojaatida, “qo’shinlar yaqin kelajakda yurtga qaytadi, har ikki davlatdagi urushni astalik bilan tugatamiz, Iroq va Afg’oniston oyoqqa turib olishi uchun yordam berishda davom etamiz”, - dedi.