Meksikada yirik jinoiy uyushma boshlig’i ushlandi

  • Amerika Ovozi

Migel Angel Trevino kecha chegaradagi Nuevo Laredo shahrida harbiylar tomonidan ushlandi.

Meksikada qoradori savdosi bilan shug’ullanuvchi yirik jinoiy uyushma boshlig’i qo’lga tushgan.

Migel Angel Trevino kecha chegaradagi Nuevo Laredo shahrida harbiylar tomonidan ushlandi. Uning mashinasidan 2 million dollar naqd pul va qurol-aslaha topilgan.

40 yoshli Trevino, Zetas nomli jinoiy guruhni o’tgan yildan beri boshqaradi.

U odam o’g’irlash, qotilik va qiynoqlar kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Trevino, xususan, 2010-yilda Meksika shimolida 72 migrantning qatl etilishiga ham aloqador ekani aytiladi.

Mamlakat sobiq rahbari Felipe Kalderon 2006-yilda qoradori savdosi va jinoiy guruhlarga qarshi urush e’lon qilganidan beri 70 ming odam o’lgan.

Amaldagi prezidenti Enrike Pena Nieto ham zo’ravonlikni tugatishga va’da berib keladi.