Qatarda asoslangan Al-Jazira telekanali Shvetsiyada suiqasdga uchragan taniqli imom Obidxon qori Nazarov haqida olingan “Diktatorning uzun qo’li” (The Long Arm of the Dictator) hujjatli filmini namoyish etdi.
Asar muallifi daniyalik jurnalist Maykl Andersen (Michael Andersen - film) deydiki, diktatura rejimlari bugun biror qarshiliksiz Yevropada ham o’z raqiblarini yo’qotishi mumkin. Yevropa davlatlari esa bunga qarshi chora ko’rishni istamayapti. Obidxon qori Nazarovning hayotiga uyushtirilgan suiqasd Toshkent rejimining buyurtmasi ekaniga shubha yo’q, deydi daniyalik jurnalist.
Andersen tahlilicha, O’zbekiston hukumati muxolifatchilarni nafaqat mamlakatda, balki xorijda ham nishonga olish qudratiga ega.
Asar muallifi daniyalik jurnalist Maykl Andersen (Michael Andersen -
Your browser doesn’t support HTML5
“Bugun Islom Karimov kabi diktatorlar o’z dushmanlarini bemalol Yevropada ham o’ldirishi mumkin. Yevropa davlatlari esa bunga qarshi biror chora ko’rish niyatida emaslar. O’z tekshiruvlarim asosida shunday xulosaga keldim. Qanchalik achchiq bo’lmasin, bu haqiqat. Obidxon qori Nazarovga uyushtirilgan suiqasd Toskent buyurtmasiga ko’ra amalga oshirilganiga hech kim, shu jumladan, Shvetsiya prokuraturasi ham shubha qilmaydi. Bi jinoyat faqat siyosiy motivlar bilan izohlanadi”, - deydi jurnalist.
“Bu boradagi hozirgi vaziyat shunday: janob Putin qotilni Shvetsiyaga topshirish haqida qaror qabul qilmaguncha, shved prokuraturasi hech narsa qila olmaydi”, - deydi Mayl Andersen.
“Diktatorning uzun qo’li” deb nomlangan 25 daqiqalik filmda Obidxon qori Nazarov O’zbekistonda ko’plab tarafdor va muxlislarga ega bo’lgani haqida ham hikoya qiladi. Qudratli ulamolardan biri sanalgan qori maxsus xizmatlar tazyiqi bois 2000-yilda mamlakatdan chiqib ketgan. Bir necha yil Qozog’istonda yashab, BMT yordamida 2006-yilda Shvetsiyadan boshpana olgan.
Maykl Andersen deydiki, uning hujjatli filmidan maqsad Obidxon qorining diniy qarashlarini o’rganish emas, balki diktatorlar o’z dushmanlarini yo’qotish uchun har qanday amaliyotga tayyor ekanligini ko’rsatishdir.
“Men Obidxon Nazarov bilan shaxsan uchrashmaganman, ammo uning nafaqat O’zbekiston, balki tashqaridagi o’zbeklar orasida ham mashhurligini bilaman. Bu boradagi turli munozaralardan ham xabardorman. Obidxon Nazarov Karimovga qarshiligi, uning tanqidchisi bo’lgani uchun ham suiqasdga uchradi, uning taqdiri bunga yaqqol misol. Film G’arb jamoatchiligini O’zbekistondagi rejim qanday ishlashidan xabardor qiladi. Bu suiqasd janob Karimov Yevropada, bizning uyimizda ham bemalol qotillik sodir eta olishini ko’rsatdi, men fokusni asosan shunga qaratdim”, - deydi Andersen.
“Men Alisherni yaxshi tanirdim, O’shda hamkorlikda ishlaganmiz. U Karimov rejimining ashaddiy tanqidchilaridan edi, keyin uni o’ldirishdi. Rustamxo’jayev ham tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan, Rossiyada O’zbekiston Xalq Harakati bo’limini ochish harakatida yurgan edi. Karimov rejimi qanday ishlashidan xabardor odamlar, bu qotilliklarning uzviy bog'liqligiga shubha qilishmasa kerak”, - deydi Andersen.