Amerika, Mongoliya harbiy aloqani mustahkamlaydi

  • Amerika Ovozi

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl, Mongoliya Mudofaa vaziri Bat-Erdene Dashdemberel.

Qo’shma Shtatlar va Mongoliya harbiy rishtalarni mustahkamlamoqda. Pentagon rahbari Chak Xeygl bugun Ulan-Batorda shunga doir bitimlarni imzoladi.

Osiyo bo’ylab 10 kunlik safarini Xeygl Mongoliyada to’xtab yakunlayapti.

Kelishuvga ko’ra, Amerika bu davlatni harbiy mashqlar va yordam bilan ta’minlaydi.

Hozirning o’zida AQSh Osiyodagi bu mamlakatga 3 million dollarlik harbiy madad uzatadi, treninglar o’tkazib keladi.

Xeygl Mongoliya rasmiylari, shuningdek, Iroq va Afg’onistonda xizmat qilgan mahalliy askarlar bilan ko’rishdi.