Jurnalistlarni qamashda O’zbekiston yetakchilardan
Amerika Ovozi
Joriy yilda dunyoda jami 232 muxbir turmaga tashlagan. 1990-yildan beri xatlov yuritayotgan Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (Committee to Protect Journalists) nazarida bu rekord ko’rsatkich.
Your browser doesn’t support HTML5
Kundalik Eshittirish, 11-dekabr, 2012-yil
Your browser doesn’t support HTML5
Jurnalistika - tobora xavfli soha
Your browser doesn’t support HTML5
Turkiya jurnalistlarni qamashda yetakchi davlat
Your browser doesn’t support HTML5
O'rinboy Usmonov: Jurnalist hech qachon zulmga uchramasin
Your browser doesn’t support HTML5
Jurnalist Shohruh Soipov bilan suhbat
Your browser doesn’t support HTML5
Malohat Eshonqulova bilan suhbat
49 jurnalistni qamagan Turkiya birinchi o’rinda.
Keyingi satrda Eron – islomiy respublikada 45 jurnalist panjara ortida.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarini eng ko’p hibsga oluvchi o’ntalikda shuningdek, Xitoy, Vyetnam, Eritreya, Suriya, Ozarbayjon, Efiopiya, O’zbekiston va Saudiya Arabistonini ko’rish mumkin.
O’zbekiston va Ozarbayjonda hukumat qalam ahlini qamash uchun qoradori iste’moli va bezorilik kabi ayblovlarni keng qo’llaydi, deyiladi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi hisobotida.
Eng ko'p jurnalistni qamoqqa tashlaganlar o'ntaligi
Eng ko'p jurnalistni qamoqqa tashlaganlar o'ntaligi:
1. Turkiya - 49
2. Eron - 45
3. Xitoy - 32
4. Eritreya - 28
5. Suriya - 15
6. Vyetnam - 14
7. Ozarbayjon - 9
8. Efiopiya - 6
9. Saudiya Arabistoni - 4
10. O'zbekiston - 4
Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi hisobi.
Bugun Xitoyda 32 jurnalist qamoqda. Tibet va Shinjon viloyatlarida ishlayotgan muxbirlar eng ko’p bosimga olinayotganlardan.
Hibsdagi jurnalistlarning uchdan ikki qismi etnik ziddiyatni qalamga olgan tibetlik yoki uyg’ur.