Moskva metrosidagi halokatda ayblanib, ikki ishchi qo'lga olingan. 15-iyul kuni metro eng gavjum paytda yuz bergan fojiada 21 odam o'lgan va 150 dan ziyod yo'lovchi jarohatlangan.
Rossiya tergovchilarining ma'lum qilishicha, poytaxt temir yo'li uchun mas'ullardan biri Valeriy Bashkatov va uning muovini Yuriy Gordov so'roq qilingan. Ularga jinoiy ayblar qo'yiladi, jumladan xavfsizlik choralarini ko'rmaganlik va tartibni buzganlik.
Poyezd izidan chiqib ketganida bu ikki shaxsning roli katta bo'lgan, deydi rasmiylar, har ikkisi yo'l ta'mir va e'tiborga muhtoj ekanini bilgan.
Vladimir Markin, federal tergov qo'mitasi vakili deydiki, temir yo'l noto'g'ri ta'mirlangan va halokatga yetaklashi mumkin ekanini bilsa ham mutasaddilar pinagini buzmagan.
Voqeada ayblanib yuqori darajali mansabdorlar ham so'roq qilinishi va hibsga olinishi mumkin.
Moskva metro tizimi dunyodagi eng yiriklaridan biri va unda har kuni o'rtacha 7-8 million odam qatnaydi. 1935-yilda ochilgan. 12 yo'nalishda jami 194 bekatga ega.