Jurnalist Muhammad Bekjon 1999-yildan beri qamoqda. U dunyoda eng uzoq vaqtdan beri panjara ortida o'tirgan matbuotchilardan.
15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Bekjon 2012-yilda noaniq jinoyatlarda ayblanib, yana besh yillik qamoqqa mahkum etilgan.
Vashington xalqaro matbuot erkinligi kuni munosabati bilan uni ozod etishga chaqirmoqda. Aytish joiz, bu chaqiriq bir necha yildan beri yangrab keladi.