Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf Amerika Ovoziga intervyu berib, uning mamlakati Afg’onistonni barqarorlashtirishda muhim rol o’ynay olishini aytdi.
"Agar Pokiston bu jarayonga jalb etilmasa, ko’p narsa boy beriladi", - deydi Musharraf.
Afg’oniston harbiy rahbarlari shu kunlarda Islomobodda mudofaa hamkorligi xususida gaplashmoqda. Tomonlar kelishib olsa, pokistonlik mutaxassislar afg’on xavfsizlik kuchlari tayyorgarligi bilan shug’ullanadi.
Musharrafning aytishicha, Pokiston Kobulga o’z harbiylari, diplomatlari va boshqa mutaxassislarini malaka oshirish uchun Islomobodga yuborishni bir necha bor taklif qilgan, ammo Afg’oniston bundan bosh tortib kelgan.