Parvez Musharraf Pokistonga qaytdi

  • Amerika Ovozi

Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf Karachi aeroportida tarafdorlarini olqishlamoqda, 24-mart, 2013-yil

Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf parlament saylovlarida ishtirok etish uchun to’rt yillik surgundan so’ng vataniga qaytdi. Tolibon Musharraf Pokistonga qaytsa, uni o’ldirishini aytgan. Kecha toliblar videomurojaat tayyorlab, buning uchun maxsus guruh ajratilganini bildirgan.

Musharraf prezidentligi paytida AQSh bilan aloqalarni kuchaytirib, terrorga qarshi ayovsiz kurashgan. U 2007-yilda sobiq bosh vazira Benazir Bxuttoga qarshi uyushtirilgan suiqasdga aloqadorlikda ayblanib, sud uni hibsga olishga qaror chiqargan edi. Ammo Musharraf bu ishga daxlsizligini aytadi. Unga ko’ra, sud uni hibsga olmaslik uchun tovon belgilagan, shu sabab sobiq prezident vataniga qaytishga qaror qilgan.

Joriy oy Pokiston parlamenti, federal va viloyat hukumatlarining besh yillik muddati tugagan. Yangi saylovlar 11-mayga belgilangan, ungacha boshqaruv muvaqqat hukumat qo’lida bo’ladi.

Musharraf saylovlarda Butun Pokiston musulmon ligasi partiyasining rahbari sifatida qatnashadi. U mamlakatni 1999-2008 yillarda boshqarib, Pokistonni tark etishga majbur bo'lib.