Musharraf suiqasd xurujidan omon qoldi

  • Amerika Ovozi

Parvez Musharrafning Islomoboddagi uyi atrofida politsiya. 3-apre, 2014-yil.

Pokiston sobiq rahbari Parvez Musharraf suiqasd xurujida omon qoldi. Politsiyaning aytishicha, Ravalpindi shahrida uning avtomobili yonida portlash sodir etilgan.

Talofatlar, jarohat olganlar yo’q, deydi rasmiylar.

Musharraf o’tgan yili surgundan vataniga qaytgan, ommaviy saylovlarda qatnashish niyatida edi. Biroq Pokiston hukumati uni 2007-yilda favqulodda holat e’lon qilgani uchun xoinlikda ayblab jinoiy ish ochgan.

Musharraf o’shanda prezidentlik vakolatini kengaytirishga uringan, biroq sudyalar qarshiligi bilan yuzlashgan. Natijada Musharraf konstitutsiyani vaqtincha bekor qilib, oliy sudyani ishdan haydagan va bir necha sudyani hibsga olishni buyurgan.

U, shuningdek, sobiq bosh vazira Benazir Bxutto xavfsizligini ta’minlay olmaganlikda ayblab tanqid qilinadi. Bxutto 2007-yilda otib o’ldirilgan edi.

Parvez Musharraf 2001-yildan 2008-yilgacha davlatni boshqargan.

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'oniston-Pokiston-Hindiston/Afghan-Pak-India