NASA quyoshga uchadi

  • Amerika Ovozi

Bu safar fazoviy kema quyoshga har qachongidan yaqinroq yo'lamoqchi. Qalinligi 12 santimetr keladigan kichik apparat 1300 daraja selsiy issiqllikka dosh berishi kerak bo'ladi.

Amerika fazoviy tadqiqotlar agentligi, NASA kelasi yili quyosh tomon kosmik kema uchirmoqchi. Maqsad undagi jarayonlarga aniqlik kiritish. Deylik, quyosh yerda elektr ta'minotini uzishi, sun'iy yo'ldoshlarni izdan chiqarishi, astronavtlar parvoziga halaqit berishi hech gapmas.

Kema quyosh atmosferasi va uning tarkibidagi jarayonlarni o'rganadi. Quyosh atrofidagi bu jarayonlar yerdagi hayotga qanday ta'sir qilayotganini tahlil qiladi.

Bu safar fazoviy kema quyoshga har qachongidan yaqinroq yo'lamoqchi. Qalinligi 12 santimetr keladigan kichik apparat 1300 daraja selsiy issiqllikka dosh berishi kerak bo'ladi.

"Nima uchun eng chekka qismi quyoshning bevosita ustki qismidan issiqroq? Tabiat qonunlariga zid-ku! Xuddi suv pastdan tepaga oqayotgandek! Mana shu va boshqa savollarga javob izlaymiz", - deydi loyiha olimi Nikola Foks.

NASA loyihani astrofizik Yujin Parker sharafiga nomladi.

"Haqiqiy qahramonlik desa bo'ladi bu tashabbusni va mening ismim berilganidan juda mamnunman. Quyosh radiatsiyasi va issig'iga chidagan holda ilmiy ma'lumot izlab, tadqiqot o'tkazish haqiqiy qahramonlikdir", - deydi olim.

Parker quyosh shamollari nomli hodisani o'rgangan birinchi olimlardan.

Quyosh shamollari quyoshdan chiqadigan gazlardan hosil bo'ladi. Bu shamol soatiga 1,5 million kilometr tezlikda esib, yerga zarar keltirishga qodir.

Fazoviy kema kelasi yilning avgustiga yo'lga chiqib, tadqiqot 2025-yilgacha davom etishi kerak.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 1-iyun, 2017-yil