Qozog’istonda sobiq prezident Nursulton Nazarboyev koronavirus yuqtirgan. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar berdi. Bayonotda aytilishicha, 79 yashar Elboshi hozir izolyatsiyada, tashvishga o’rin yo’q.
Your browser doesn’t support HTML5
Qozog’istonning birinchi prezidenti virusni qanday yuqtirgani hozircha ma’lum emas.
Nazarboyevning kasallanishi ketidan kelayotgan dam olish kunlari mamlakatda karantin choralari kuchaytirilishi ma’lum bo’ldi. Xususan, katta shaharlarda savdo markazlari, bozorlar va istirohat bog’lari yopiladi. Koronavirus bemorlari uchun qo’shimcha yotoqlar tashkil etiladi. Hukumat barcha viloyatlarda testlarni ko’paytirishni buyurgan.
Qozog’istonda 15 mingdan ziyod odam yangi koronavirusga chalingan, 97 kishi virusdan o’lgan.
14-iyun kuni Sog’liqni saqlash vaziri Yeljon Birtanovning koronavirusga topshirgan testi natijasi ijobiy bo’lgani ma’lum bo’ldi. Bir qator vazirlar izolyatsiyaga o’tgan. Qozog’iston parlamentining quyi palatasi raisi Nurlan Nigmatullin ham koronavirus bilan kasallangani xabar qilinmoqda.