Nepalda 25-aprel kuni qariyb 8 balda yer qimirlab 3200 dan oshiq odamni hayotdan olib ketgan. Zilzila ketidan yana bir necha silkinishlar ro'y bergan.
Tabiiy ofat markazi poytaxt Katmandudan 80 kilometrcha shimolda. Mahalliy vaqt bilan tushda sodir bo'lgan voqea hududni vayron qilgan. Jarohatlanganlar juda ko'p.
Katmanduda 19-asrdan qolgan bino qulagan, ostida o'nlab odamlar qolib ketgan.
O'tgan 80 yil ichida Nepalda bu qadar qaqshatqich ofat ro'y bermagan.
Himolay to'glarida qor ko'chishi kuzatilib, u yerda ham bir necha odam jon bergan. Dunyodagi eng baland Jomolungma cho'qqisi bir necha sekun davomida silkingan.
Qo'shni Hindistonda ham yer qimirlashidan 20 kishi o'lgani aytilmoqda.
AQSh hukumati jabrdiydalarga hamdardlik bildirib, Nepal, shuningdek, Hindiston va Bangladesh xalqiga yordam taklif qilmoqda. Ko'makni USAID, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi yetkazadi. Amerika maxsus qidiruv va qutqaruv brigadasini ham yubormoqda.
Katmandudagi elchixona, deydi Davlat kotibi Jon Kerri, 1 million dollarlik madad ko'rsatishga kirishgan. Yordam ko'lami oshishi kutilmoqda.
"Biz siz bilanmiz. Bardam bo'ling. Nepal ahlini og'ir damlarda quvvatlab yuboramiz",- deydi Kerri zilzilaga oid bayonotida.
Nepal Hindistondan ham yordam ola boshlagan.