Yosh dizaynerlar moda olamini harakatlantiruvchi kuch sanaladi. Nyu-York shahri sohaning poytaxti degan nomni saqlab qolish niyatida va yosh libossozlarga yordam qo’lini cho’zayapti.
Nyu-Yorkdagi oddiy bir imoratda yosh dizaynerlar ustaxonasi joylashgan. Bu yerda AQShning har yeridan 10 libossoz tajriba oshirayapti. Ular 100 dan ziyod modelyer orasidan tanlab olingan. Yosh ustalar tanilish umidida.
Ikki yildan beri Nyu-York iqtisodiy taraqqiyot korporatsiyasi dizaynerlarga yordam berayapti. Ijod qilishi uchun sharoit yaratib berayapti. Daniel Vosovik yosh modelyer:
“Huquqiy yordam berishadi. On-layn do’kon ochishda qo’llab yuborishadi. Ishlab chiqarish bilan bog’liq muammolarni hal qilishda ko’maklashadi. Sanoatni yaxshi bilgan mutaxassis bilan qo’shib qo’yishadi sizni, undan maslahat olasiz. Lekin buning uchun haq to’lamaysiz, bepul. Sof yordam”.
Vosovik televideniyeda shov-shuv qilgan moda loyihasining finalchilaridan.
U taniqli odamlarga xizmat ko’rsata boshladi. O’tgan yili Mila Kunis, Emma Stoun va Elizabet Makgovern kabi yulduzlar uchun kiyim bichdi. Lekin undan-da olg’a siljish uchun buning o’zi yetarli emas. Kasb ustalaridan maslahat olib turish muhim. U Kalvin Klayn bilan ishlagan Malkolm Karfrey, Dayan fon Fyurstenberg qo’lida ishlagan Epril Uchitel so’zlariga quloq tutib keladi.
“Men kichik dizaynerman va quvvatlovga muhtojman. Shahar biz kabi libossozlarni tushunib qabul qilishini xohlaymiz. Ralf Loran, Donna Karan kabi mashhur bo’lishimiz uchun mutaxassislarning yordami juda zarur”, - deydi Vosovik.
Erik Jonson Nyu-York shahrida Moda inkubatori nomli dasturni yuritadi:
“Har qanday tadbirkordan so’rang, avval sohada muvaffaqiyat qozongan insonlardan maslahat olib oyoqqa turishgan. Oddiy biznesni boshlash va uni oyoqqa turg’izishda maslahatning roli beqiyos. Moda inkubatori ham mana shunday kerakli madadni ta’minlab turadi”.
Vosovik hamma ishni Nyu-Yorkda bajaradi. Bu esa unga ishlab chiqarishni boshdan oyoq nazorat qilish imkonini beradi. Dizayner kasbiy muvaffaqiyat sirlari bilan bo’lishar ekan, uzoq muddatni ko’zlang, deydi.
“Bitta kolleksiya bilan karyera yarata olmaysiz. Tikkan kiyimlaringiz o’rtamiyona bo’lsa, sizni tez unutishadi. Kechikkan dizaynerga ham mijoz ishonmaydi. Muvaffaqiyat kaliti – uzoq faoliyat yuritish, kasbga sadoqat va ixlosda”, - deydi Vosovik.
Suhbatdosh internetda tobora ko’proq mijoz to’playapti. AQShning har xil do’konlarida uning mahsulotini uchratasiz. Ishi baroridan kelganidan u mamnun va bunda moda inkubatori dasturining xizmati katta, deydi.
Your browser doesn’t support HTML5