Nyu-York metrosi pandemiya paytida ilk bor dezinfeksiya qilindi

  • Amerika Ovozi

Odatda surunkali ishlovchi Nyu-York shahar metrosi o’tgan tunda bir necha soatga xizmatini to’xtatib, metro poyezdlari vagonlarini ilk bor dezinfeksiya qilgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 6-may, 2020-yil

Shaharning besh rayonidan to’rttasiga xizmat qiladigan jami 900 kilometrlik ko’p tizimli metro tunda soat 1 dan 5 gacha ishlamagan. Mamlakatda koronavirusdan eng qattiq zarar ko’rgan bu azim shaharda bundan keyin vagonlar va stansiyalarni dezinfeksiya qilish odatiy holga aylanishi kutilmoqda.

Nyu-York metrosi kuniga 9 million odam tashiydi. Biroq koronavirus sabab yo’lovchilar 90 foizga kamaygan. Nyu-York Transport xizmatining 16 milliard dollarlik yillik byudjetining 38 foizini metro, avtobus va elektropoyezdlarda yuruvchi yo’lovchilar to’ldiradi.

Pandemiya sharoitida avtobus haydovchilari salomatligini saqlash maqsadida chiptaga pul olinmay qo’ygan.

AQShda shu onga qadar 1 million 200 mingdan ziyod odam koronavirus bilan kasallangan bo’lsa, shularning choragi Nyu-Yorkda.