Nigeriya armiyasida sug'urta tizimi joriy etildi

  • Amerika Ovozi

Nigeriya armiyasi "Boko Haram"ga qarshi kurashmoqda

Nigeriya armiyasi mamlakat shimolida "Boko Haram" jangari guruhiga qarshi amaliyotlarda halok bo'lgan askarlar farzandlarini o'z qaramog'iga olishga qaror qildi. Nobud bo'lgan har bir askarning to'rttagacha farzandining o'rta maktabdagi o'qishi bilan bog'liq xarajatlarni armiya o'z zimmasiga oldi.

Aholi bu tashabbusni olqishlar ekan, korrupsiyaga botgan mamlakatda qog'ozbozlik tufayli bunday imtiyozga ega bolalar sarson bo'lmaydi, deya umid qilmoqda.

Nigeriya armiyasi so'zlovchisi polkovnik Sani Kukasheka Usmonning aytishicha, harbiylar uchun sug'urta tizimi joriy etilgan.

Nobud bo'lgan askarning farzandi bo'lmagan taqdirda, imtiyoz uning opa-singli yoki aka-ukasiga beriladi.

"Boko Haram" Nigeriya shimolida islomiy davlat barpo etishga harakat qiladi. Guruh "Islomiy davlat" terrorchi tashkilotiga bay'at ham keltirgan. Mamlakatning shimoliy qismida esa nasroniylar yashaydi.