Nigeriyada Pasxa kuni portlash 20 kishini hayotdan olib ketdi

  • Amerika Ovozi

Xavfsizlik xizmati portlagan mashina qoldiqlarini ko'zdan kechirmoqda, Kaduna, Nigeriya, 8-aprel, 2012-yil

Nigeriya shimolidagi Kaduna shahrida bugungi portlash kamida 20 kishini o’ldirgan, yana bir necha fuqaro jarohat olgan.

Guvohlarning aytishicha, cherkovga yaqin gavjum ko’chada ertalab 8:45 larda odamlar Pasxa - Iso payg’ambar tirilishini xotirlovchi ayyomni nishonlash uchun yig’ilgan payt mashina portlagan.

Nigeriya politsiyasi bayram arafasida nasroniylarga qarshi qator xuruj rejalarini fosh qilishga muvaffaq bo’lgan, mamlakatda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan bo’lgan. Rim Papasi Bededikt portlashni tanqid qildi.

O’tgan yili Rojdestvo paytida Nigeriyada to’rt xuruj 44 fuqaroni hayotdan olib ketgan edi. Avvalgi hujumlarni Boko Haram radikal guruhi sodir etgan edi.

Boko Haram xausa tilidan tarjima qilinganda “xorij ta’limi harom” degani.