Amerika rahbari Barak Obama Kongress bilan ishlashga urinar ekan, bir-biri bilan biror masalada kelisha olmay qolgan ikki partiya, respublikachilar va demokratlar, aslida mulohazali qarorlar qilishga qodir, deydi.
Birinchidan, har ikki tomon iqtisodiy o’sishni ta’minlab, byudjetdagi kamomad miqdorini pasaytirishni istaydi.
Ikkinchidan, mamlakat immigratsiya tizimi ishdan chiqqan va buni har ikki partiya birdek tan oladi. Uni tuzatish uchun bir yoqadan bosh chiqara olamiz, deydi Obama.
Uchinchidan, Amerika dunyoda eng katta qishloq xo’jaligiga ega davlat bo’la turib, dehqon va chorvadorlarga yetarlicha yordam bermay qo’ygan. Tabiiy ofatlar sabab qiyin ahvolga tushib qolgan fermerlar madad izlab qayerga borishni bilmaydi, hukumat ularga qo’l cho’zishi shart, deydi prezident.
Respublikachilar nazarida ham bu uch masala bag’oyat dolzarb. Obama murosa qilishga tayyor bo’lsa, biz ham shaymiz, deydi ular.
Your browser doesn’t support HTML5